Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ommaviy hashar ishlarida faol
2025-08-23 14:20:00 / Yangiliklar

Xususan, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qarshi shahrida joylashgan harbiy shaharcha hududida ham bugun erta tongdan istiqomat qiluvchilar tomonidan tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Maydonlar begona o‘tlar tozalanib, yerga ishlov berildi. Daraxtlarning butalari qisqartirilib, oqlash ishlari amalga oshirildi.
Xayraobod hamda Kakaydi garnizonlarida tashkil etilgan hashar ishlarida harbiy xizmatchilar bilan birga oila a’zolari ham faol qatnashib, ariq va yo‘laklarni tozalab ozoda holga keltirish orqali obodlikka o‘z hissalarini qo‘shib,
Umumxalq hashari doirasida Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikning Navoiy va Shirin shaharlari hamda Qorako‘l tumanida joylashgan harbiy qismlar tomonidan esa harbiy shaharchlar, harbiy qism hududlari, dala o‘quv maydonlari, aholi yashash manzillari va ko‘p qavatli uylarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy xizmatchilar esa “Hashar – elga yarashar” iborasiga amalga qilgan holda barchasi bir bo‘lishdi va manzillarni obod qilishdek xayrli ish uchun bel bog‘lab nafaqat obodlik uchun, balki, qadim odatlar barhayotligini yaqqol namoyon etishdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









