“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!”
2025-08-23 12:50:00 / Yangiliklar

Anan shunday buyuk nematni asrab-avaylash va uni ardoqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Kinematografiya agentligi vakillari, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoir va yozuvchilar ishtirok etishdi.
Mavzuga oid ma’ruzalar, “Yangi O‘zbekiston fenomeni” nomli videorolik namoyishi, ijro etilgan she’rlar hamda “Impuls” harbiy ansamblining Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari kursantlar, harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilarida katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi harbiy xizmatchilarda milliy g‘ururni, xalq va millat taqdiriga daxldorlik hissini oshirishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






