"Jasorat maktabi" o'quv yig'ini ishtirokchilari va askarlar o'rtasida qo‘mondon kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkazildi
2025-08-18 11:15:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tuman va shaharlaridan yig‘ilgan jasoratli yoshlar ishtirokidagi “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini doirasida “Qo‘mondon kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada turli hududlardan tashrif buyurgan o‘quv yig‘ini ishtirokchilari o‘zlarining chaqqonligi, kuch-quvvati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar. Sport bellashuvlari doirasida yugurish, mini futbol, badminton, arqon tortish, turnikda tortinish, pichoq otish, quvnoqlar va zukkolar bellashuvi hamda boshqa jismoniy tayyorgarlik mashqlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zaro do‘stona raqobat olib borib, jamoaviylik, hamkorlik va mardlik sifatlarini namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi musobaqalarda nafaqat g‘alaba uchun, balki o‘zining jasorati va matonatini ko‘rsatish uchun ham qatnashdi. Ayniqsa, musobaqalarning qo‘mondon kubogi uchun o‘tkazilgani yoshlarni yanada ruhlantirdi.
Yakunda eng kuchli jamoalar va alohida ajralib chiqqan sportchilar g‘olib deb topilib, ularga qo‘mondonlik tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur musobaqa yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularda iroda, qat’iyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu bilan birga, “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini yoshlar uchun nafaqat sport maydoni, balki do‘stlik, hamjihatlik maskaniga aylandi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrug matbuot xizmati






