G‘olib va sovrindor sportchilar tantanali kutib olindi
2025-08-17 12:00:00 / Yangiliklar

Musobaqada 25 ta davlatdan 100 ga yaqin eng kuchli polvon harbiy xizmatchilar 48 kg dan 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida kuch sinashdi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi ushbu bellashuvlarda faol ishtirok etib, munosib natija qayd etdi va umumjamoaviy hisobda faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Qozoq kurashi” bo‘yicha 1 jahon chelenjida mamlakatimiz sportchilari shohsupaga ko‘tarilib, 3 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, Vatanimiz sportida yorqin sahifa ochdilar.
Bugun Vatanimiz sha’nini himoya qilib qaytgan polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiy xizmatchilar, sport mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari hamda yoshlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Shubxasiz, mazkur musobaqada erishilgan natijalar Vatanimiz mustaqilligining 34 yillik shodiyonasiga chinakam tuhfa bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







