Triatlon boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi "25 Jahon chempionati" ishtirokchilari tantanali kutib olinmoqda
2025-08-17 11:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan triatlon bo‘yicha 25-jahon chempionatida 13 davlatning 120 ga yaqin sportchilarini ishtirok etishi kutilmoqda.
Kecha va bugun mazkur musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Qatar, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Sloveniya, Shveysariya, Eron, Portugaliya davlatlarining harbiy sportchilari Mudofaa vazirligi mas'ullari, chempionatni o‘tkazishda bevosita hamkorlik qilayotgan vazirlik va idoralar vakillari tomonidan Samarqand xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Endilikda ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘iston, Rossiya hamda Germaniya davlatlarining harbiy sportchilari mamlakatimizga yetib kelishadi.
Eslatib o‘tamiz Jahon chempionatining ochilish marosim 18 avgust kuni soat 19:00 da “Silk Road Samarkand” turistik majmuasida joylashgan “Boqiy shahar” hududida bo‘lib o‘tadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









