Chirchiqda Havo floti kuni munosabati bilan aviashou tashkil etildi
2025-08-16 16:00:00 / Yangiliklar

Shu ma’noda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi Havo floti kuni sifatida keng nishonlanadi. Sana munosabati bilan Toshkent harbiy okrugiga qarashli “Chirchiq” umumqoʻshin dala-oʻquv poligoni hududidagi markaziy maydonda bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda kasb bayramini nishonlayotgan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari, turli yoshdagi aviatsiya ixlosmandlari jam bo‘ldi.
Dastlab yig‘ilganlar e’tiboriga harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa davraga yanada fayz baxsh etdi. Shu bilan birga, harbiylik kasbiga qiziqishi baland yoshlar uchun harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoni yaratildi.
Shundan so‘ng moviy gumbaz uzra harbiy uchoqlar paydo bo‘ldi. Aviaparvozlarda jangovar va harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Harbiy uchuvchilarning har biri harakatini tadbir ishtirokchilari hayajon va havas bilan kuzatib bordi. Ayniqsa, uchuvchilar tomonidan namoyish etilgan murakkab va qiziqarli manyovrlarga boy aviachiqish yig‘ilganlarda ulkan taassurot qoldirdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









