Jasorat maktabi — yangi imkoniyatlar sari yo‘l
2025-07-09 11:15:00 / Yangiliklar

Joriy mavsum ishtirokchilari harbiy orkestr sadolari ostida tantanali kutib olindi. Yig‘in avvalida yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy liboslar berildi.
Yigʻinning tantanali ochilish marosimida so‘z olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi hamda viloyatning mutasaddi tashkilot rahbarlari o‘z nutqida, ushbu yig‘in yoshlar uchun koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini so‘zlab, undan oqilona foydalanish lozimligini va buning samarasi sifatida o‘tkan yig‘inlardagi yoshlarning erishgan yutuqlarini misol keltirishdi va yig‘in davomida yoshlarning ulkan muvofaqqiyatlarga erishishini tilashdi.
Tadbirning badiiy qismi esa go‘yoki harbiy ruxni uyg‘otuvchi, qalblarga jo‘shqinlik baxsh etuvchi bir sahna asariga aylandi. Harbiy orkestrning ohanglari yuraklarga g‘urur tuyg‘usini qadagan bo‘lsa, qo‘l jangi ko‘rinishlari jasorat va mardlik ramziga aylandi, faxriy qorovullarning saf chiqishlari esa tartib va intizomning tirik namunasi bo‘ldi. Sahnaga chiqarilgan tarixiy siymolar esa yoshlarning ruhiy olamiga ona yurtning shonli o‘tmishini jonli suratda olib keldi.
Marosimdan so‘ng, yoshlar o‘z qiziqishlariga qarab, guruhlarga ajratildi va ularga kun tartibida belgilangan mashg‘ulotlar haqida ma’lumotlar berildi. Ma’lumot uchun 10 kun davom etadigan yig‘inda ishtirokchilar harbiy tayyorgarlik, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik hamda turli kasblarni egallashi boʻyicha mashgʻulotlarga jalb qilinadi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati







