Jamoatchilik kengashi faoliyati: yarim yil sarhisobi va istiqboldagi rejalar muhokamasi
2025-07-04 18:55:00 / Yangiliklar

Bugun, 4-iyul kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik va hududiy boʻlinmalarning 2025-yilning 1-yarim yil yakunlari hamda istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan umumiy videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda Jamoatchilik kengashi va uning hududiy boʻlinmalari aʼzolari, ishchi organi rahbarlari va yetakchi mutaxassislar, harbiy okruglar qoʻshinlari qoʻmondonlarining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq 2025-yilning birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, Jamoatchilik kengashi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar muhokama etildi. Xususan, Kengash Nizomi va tasdiqlangan yillik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalarga baho berildi.
Shu bilan birga, joriy yilning ikkinchi yarim yilligida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan loyihalar muhokama qilindi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va mazkur jarayonda Jamoatchilik kengashi aʼzolarining faol ishtiroki boʻyicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilish davomida Kengashning hududiy boʻlinmalari tomonidan 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida qisqacha hisobotlar tinglandi va kelgusi faoliyat yoʻnalishlari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Oʻzaro muloqotlar davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar oʻrganilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









