Boshqaruv mahorati mustahkamlandi
2025-07-03 17:15:00 / Yangiliklar

72 soatga mo‘ljallangan mazkur kurs davomida Qurolli Kuchlarimiz vakillariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan boshqaruv psixologiyasi va sotsiologiyasi, muloqot psixologiyasi, boshqaruvda liderlik, inson resurslarini boshqarish bo‘yicha chuqur bilimlar berildi.
Tashkil etilgan o‘quv kurslari milliy armiyamiz ofiserlari uchun haqiqiy mahorat maktabi bo‘ldi. Endilikda kursni bitirgan 40 nafardan ziyod ofiserlar tarkibi akademiyada o‘zlashtirgan yangi bilimlarini o‘z shaxsiy tarkibidagi harbiy xizmatchilarga yetkazadi.
Kursni muvaffaqiyatli bitirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimida so‘z olgan akademiya rahbariyati hamda Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur bilimlar harbiylarning kelgusi faoliyatida, armiyaning jangovar shayligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilandi. Yakunda test sinovlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






