SOʻZ BILAN VATANNI ASRASH, HARBIY BURCH KABI MUQADDASDIR!
2025-06-24 12:40:00 / Yangiliklar

"Vatanparvar" bu – oddiy axborot nashri emas, balki har bir satridan milliy iftixor, masʼuliyat va sadoqat ufurib turadigan maʼnaviy tarbiya maktabi. Uning sahifalarida vatanparvarlikning haqiqiy ruhi jonlanadi, bu dargohda xizmat qilayotgan harbiy jurnalistlarning har bir soʻzi yosh avlodning qalbiga Vatan degan muqaddas tuygʻuni singdiradi.
Gazeta nafaqat mudofaa sohasi va harbiy xizmat toʻgʻrisida yoritib keladi, balki jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini ham keng qamrab oladi. Har bir maqola – bu ibrat, har bir surat bu – faxr, har bir sarlavha bu – el-yurtim deb yashash va xizmat qilish falsafasi.
33 yil davomida "Vatanparvar" jangovar soʻzning qudratini namoyon etib keldi. Jamiyat va armiya oʻrtasida mustahkam axborot koʻprigi, qalblar va qalamlarni bogʻlovchi maʼnaviy rishta vazifasini bajardi. Bu ayniqsa quvonarli.
Bugungi tezkor, raqamli davrda ham “Vatanparvar” oʻz mohiyati va missiyasini yoʻqotmadi, aksincha oʻz sahifalarida anʼana va zamonaviylikni uygʻunlashtirib, yanada taʼsirchan va hayotbaxsh axborot maydoniga aylanmoqda.
33 yil bu – muvaffaqiyatli yoʻlning faqatgina boshlangʻich nuqtasi. Oldinda yana ulugʻ marralar va yuksak masʼuliyat turibdi. “Vatanparvar”chilarning shiori shunday: soʻz bilan Vatanni asrash, harbiy burch kabi muqaddasdir!
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kummunikatsiyalar departamenti
