Dala-o‘quv maydoni — askar akademiyasi
2025-06-23 17:05:00 / Yangiliklar

“Farg‘ona” va “Sho‘rsuv” dala-o‘quv maydonlarda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda shartli dushmanning hujumini aniqlash va qaytarish, qarshi hujumni rejalashtirish, kuch va vositalarni to‘g‘ri taqsimlash kabi vazifalar bajarildi.
Har bir jangovar epizod, har bir topshiriq – ularning professional tayyorgarligi va jamoaviy birligi namoyon etdi. Harbiy xizmatchilar murakkab sharoitda tayanch punktlar barpo etish, mudofaa chizig‘i tashkil etish, to‘satdan harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashdi.
Kunduzgi va tungi jangovar otish mashg‘ulotlari esa kun tartibidagi eng mas’uliyatli bosqichlardan biri bo‘ldi. Harbiy xizmatchilar nishonga aniq zarbalar berish, turli masofalarda joylashgan shartli dushman nishonlarini yakson qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamladi. Ayniqsa, tunda cheklangan ko‘rish sharoitida harakat qilish, koordinatsiyani yo‘qotmasdan o‘zaro hamkorlikda harakatlanish ularning haqiqiy jangovar shay ekanligini amalda osbotini topdi.
Dala-o‘quv maydonining yana bir nuqtasida quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan ham o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar havo hujumiga qarshi shartli dushman vositalarini aniqlash, kuzatish va zararsizlantirish bo‘yicha kompleks harakatlarni amalga oshirdi. Bu esa jangovar harakatlarning ko‘p yo‘nalishli xususiyatini inobatga olgan holda qo‘shinlararo o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Dala-o‘quv maydoni — askar akademiyasi - degan ibora bor. Chindan ham bungungi kunda poligonlarda olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar yanada toblanib, jangovar salohiyati ham yuksalmoqda.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati









