Jizzaxlik yoshlar o‘rtasida o‘q otish sporti bo'yicha musobaqa o‘tkazildi
2025-06-21 19:30:00 / Yangiliklar

Mazkur bellashuv doirasida Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlarining aniqligi, epchiligi va jamoaviylik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa jarayonida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi, ishtirokchilarning harbiy xizmatga bo‘lgan ishonchi va qiziqishi sezilarli darajada ortdi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Mirzacho‘l tumani jamoasi;
2-o‘rin — Paxtakor tumani jamoasi;
3-o‘rin — Zomin tumani jamoasiga nasib etdi.
G‘olib jamoaga “Qo‘mondon kubogi”, faol ishtirokchilarga esa diplom, faxriy yorliqlar va qimmatbahosovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur musobaqa yosh avlodni jismoniy va ruhiy chiniqtirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






