Aloqa harbiy institutida ham katta tantana
2025-06-21 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida aloqa xizmatini rivoji uchun munosib hissa qo‘shgan polkovnik Agzam Izbosarov xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan sinfxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda mehmonlar marhum harbiy xizmatchining xizmati davomida erishgan yutuqlari va aloqa xizmatini yaxshilash borasida qo‘shgan hissasini e’tirof etib uni yodga olishdi.
Tantanali marosimda Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda keng jamaoatchilik vakillari bitiruvchilarni qutlab, kelgusi xizmat faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi va yosh leytenantlarga diplom va koʻkrak nishonlarini topshirishdi.
Tadbirning badiiy qismi milliy anʼanalar ruhi va qadimiy ohanglar hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini hamrohligida davom etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









