Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida navbatdagi bitiruv tantanasi
2025-06-21 13:10:00 / Yangiliklar

Bilim yurti bitiruvchilariga diplom va ko‘krak nishonlarini Mudofaa vazirligi rahbariyati, Jamoatchilik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlaridan kelgan mehmonlar birgalikda tantanali topshirdi.
Shuningdek, ota-onalar, yozuvchi va shoirlar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari bitiruvchilarni qutlab, kelgusi xizmat faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasida ofitser bo‘lishni maqsad qilib, belgilangan muddat davomida tanlagan sohalari bo‘yicha ta’lim-tarbiya olgan o‘g‘lonlar shu tariqa navbatdagi xizmat joylariga kuzatildi.
Bitiruv marosimi turli sahna chiqishlari va konsert dasturlari bilan davom etdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









