Ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasida oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi
2025-06-20 16:40:00 / Yangiliklar

“Sport – salomatlik garovi!” shiori ostida oʻtkazilgan ushbu musobaqaning asosiy maqsadi jurnalistlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularni sport bilan faol shugʻullanishga keng jalb qilish hisoblanadi.
Musobaqa ishtirokchilaridan 10 metr masofadan turib, belgilangan nishonlarni pnevmatik miltiqlarda moʻljalga olib, oʻq uzish talab etildi.
Qizgʻin, doʻstona, shu bilan birga, murosasiz kechgan bellashuvda jurnalistlar quyidagi natijalarga erishdilar:
Erkaklar oʻrtasida:
1-oʻrin: Qahramon Haydarov (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departmenti);
2-oʻrin: Sanjar Zaitov ("Sport" telekanali).
3-oʻrin: Sherzod Hojimetov ("Sport" telekanali).
Ayollar oʻrtasida:
1-oʻrin: Dinara Rahimova ("Yoshlar" telekanali);
2-oʻrin: Shafoat Talipjanova ("Sport" telekanali);
3-oʻrin: Mavjuda Almanova (Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departmenti);
Gʻoliblikni va faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan OAV vakillari “Vatanparvar” tashkilotining diplomlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatini OAVda yoritishda faol hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga tashkilot Markaziy kengashi raisining tashakkurnomalari topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, respublika boʻylab “Vatanparvar” tashkiloti tizimida avtokross, motokross, karting, triatlon, duatlon, biatlon, oʻq otish, aviamodel, raketamodel, kemamodel, radiosport kabi sportning texnik va amaliy turlari seksiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Tashkilotning sportchilari ushbu sport turlari boʻyicha respublika, MDH, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







