Surxondaryo bo‘ylab harbiy-sport tadbirlari o‘tkazildi
2025-06-20 15:45:00 / Yangiliklar

Tabiat qo‘ynida, havosi toza, manzarasi betakror— tog‘lar bag‘rida joylashgan “Xonjiza” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bugun yanada gavjum. Bu yerda o‘quvchi yoshlar uchun foydali, tarbiyaviy va bir paytning o‘zida qiziqarli bo‘lgan harbiy-sport musobaqasi – “Chaqmoq trening” o‘tkazildi. Musobaqalarga start berilishidan oldin tashkilotchilar tomonidan harbiy vatanparvarlik ruhidagi konsert dasturi taqdim etildi, harbiy orkestr sadolari, faxriy qoravulning chiqishi yig‘ilganlarning hayajoniga sabab bo‘ldi. So‘ngra ma’sullar so‘zga chiqib, ushbu treningning mazmun-mohiyati va shartlari haqida o‘g‘il-qizlarga to‘liq ma’lumot berishdi va barcha ishtirokchilarga omad tilandi.
So‘ngra, “Chaqmoq trening” musobaqalariga start berildi. Aytish kerak, har bir mashq – bu kuch, chaqqonlik va jasorat sinovi. Bolalar nafaqat jismonan, balki aqlan ham sinovdan o‘tdi. Ular jamoada harakat qilishni, tezkor qaror qabul qilishni, irodali va mas’uliyatli bo‘lishni o‘rgandilar. Musobaqalar 6 shart bo‘yicha olib borildi. Oromgohda dam olayotgan 250 dan ortiq yoshlar orasidan 4 ta jamoa shakllantirildi. “Xamjixatlik mashqi”, “To‘siqlar yo‘lagidan o‘tish”, “Snaryadni vaqtida yetkaz”, “Botqoqlikdan birga o‘tamiz”, “Tezkorlik mashqi”, “Merganlik mashqi” kabi qizg‘in jarayonlarda faol bo‘lishdi.
Muxtasar aytganda, bellashuvlar qizg‘in, ruhlantiruvchi va noan’anaviy. Bu – sport va harbiy mashqlarning zamonaviy uyg‘unligi. Eng muhimi, “Chaqmoq trening” – bu zararli odatlardan yiroq, faol va sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash yo‘lida qo‘yilayotgan muhim qadamdir. Haqiqiy faxr tuyg‘usi – Vatanga xizmat qilish. Bu musobaqa har bir ishtirokchida ana shu tuyg‘uni uyg‘otadi. Chunki ular — Vatanni sevuvchi, el uchun mas’uliyatni o‘z yelkasida his etadigan yangi avloddir!
Kaydi garnizonida tashkil etilagan “Chaqiriluvchilarning kuni” loyihasida tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchligimiz posbonlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va o‘tkaziayotgan tadbir ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda boshlang‘ich tayyorgarlik fani sifatida Qurolli Kuchlarimizning tuzulishi, vazifalari, harbiy xizmat turlari, unga chaqirish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul tartibi, harbiy xizmatchlirga beriladigan imtiyozlar haqida ham buyuk sarkardalarning hayoti va faoliyati, ularning harbiy san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari xususida ma’lumotlar berildi.
Ushbu garnizonda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan “Oilam faxrim mening” madaniy ma’rifiy tadibiri ham ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Unda yurt posbonlari oila a’zolari bilan sportning turli xil musobaqalarida va milliy taomlar tayyorlash shartlarida ham o‘zlarini mahoratlarini ko‘rsata oldilar.
Tadbir yakunida barcha ishtiroklar garnizon boshlig‘i nomidan esdalik sovg‘a va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati









