Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi yuqori malakali kadrlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga taklif etadi
2025-06-18 13:25:00 / Yangiliklar

Quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar tanlov asosida boʻsh lavozimlarga qabul qilinadi:
- Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kushlari safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini oʻtagan erkak jinsidagi oʻttiz yoshga toʻlmagan harbiy xizmatga majburlar;
- boʻyining balandligi 165 santimetrdan hamda sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlganlar.
nomzodlar quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Oddiy askar va serjantlar tarkibi uchun lavozimlariga;
umumqoʻshin mutaxassisligiga ega fuqarolar.
ofitserlar tarkibi uchun lavozimlariga:
umumiy amaliyot shifokori (bakalavr);
davolash ishi (magistratura yoki ordinatura); kabi mutaxassislar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilarining arizalari joriy yilning 30-iyun sanasiga qadar yagona Davlat interaktiv xizmatlar portali my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +99871– 269-80-19
Telegram: @mudofaa_vacancy
