“Chaqmoq trening” — kelajak himoyachilarini tarbiyalovchi musobaqa
2025-06-13 10:25:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda, Mudofaa vazirligiga qarashli Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan bolalar yozgi dam olish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Chaqmoq trening” nomli harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqada dam olayotgan bolajonlar 5 ta shart asosida o‘z jismoniy va ruhiy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jumladan, “Darts uloqtirish”, “Pnevmatik quroldan o‘q otish”, “Yugurish”, “Arqon tortish” hamda “Stol xokkey” kabi mashg‘ulotlarda jamoaviy va shaxsiy tarzda kuch sinashdi.
Bahslar shiddatli, ammo do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir harakat, har bir g‘alaba va hatto har bir mag‘lubiyat — bolajonlar uchun yangi saboq, yangi tajriba bo‘ldi.
Qizg‘in bahs munozaralarga boy bo‘lgan shartlar davomida hakamlar hay’ati va harbiy xizmatchilar har bir ishtirokchilarni munosib baholab bordi. Yakunda g‘olib ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





