Nukusda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
2025-06-12 09:20:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda Shimoli-g'arbiy harbiy okrug qo‘mondoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi, Nukus harbiy prokuraturasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Bandlikka ko'maklashish markazi hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kabi tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Ommaviy hamda yakka tartibda tashkil etilgan sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun turar-joy muammosi, oilaviy sharoitlar tufayli xizmat joylarini o֥‘zgartirish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Sayyor qabul yakunida, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda aholi tomonidan kelib tushgan 50 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqilib
10 ga yaqini ijobiy еchimini topgan bo‘lsa, 8 tasiga huquqiy maslahatlar berilib, qolganlariga tegishliligi bo‘yicha hamkor tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda nazoratga olindi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati









