“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining Toshkent viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-06-09 16:15:00 / Yangiliklar

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida harbiy kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularni jamoaviylikka, fidoyilikka va yetakchilikka o‘rgatish yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar qator murakkab sinovlarda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Ular o‘quv granatasini uloqtirish, turnikda tortilish, jangovar qurolni qismlarga ajratib va yig‘ish, shuningdek, qisqa va uzoq masofalarga yugurish kabi jismoniy va harbiy tayyorgarlikka oid topshiriqlarda bellashdilar.
Yakunda Angren shahrining “Gulbog‘” jamoasi barcha bosqichlarda yuqori natijalarni qayd etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ular nafaqat viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar, balki endilikda respublika bosqichida Toshkent viloyati sharafini munosib himoya qilish huquqini ega bo‘ldi.
Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati





