Mard askarga maʼnaviy sovgʻa
2025-06-03 14:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 3-iyun kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida ushbu turkumda chop etilgan 7 nomdagi kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Marosimida Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati vakillari, masʼul xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.
“Mard askarga sovgʻa” turkumida chop etilayotgan kitoblar Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiylar va kursantlar uchun ishonchli maʼnaviy hamroh boʻlib xizmat qiladi, desak xato boʻlmaydi. Mitti kitoblarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga ehtirom, mardlik va fidoyilik gʻoyalarini aks ettiruvchi sara hikoyalar, sheʼr va dostonlardan parchalar, shu mavzudagi mashhur qoʻshiqlarning matnlari jamlangan.
Turkumda “Bobomeros tuygʻu” (hikoyalar), “Askar onasi” (hikoyalar), “Olimpiada ilhomlari” (sheʼrlar), “Ota makon” (sheʼrlar), “Vatanni har kimga ishonib boʻlmas” (sheʼrlar), “Mehring bilan yashaymiz, Vatan!” (sheʼrlar), “Er yigit yurtidan kechmaydi” (sheʼrlar) kabi toʻplamlar oʻrin olgan.
Taqdimot davomida Ona yurtni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi. Tadbir videokonferens-aloqa tizimi orqali Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okruglari xizmatchilariga ham onlayn namoyish qilindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









