Qo‘mondonlikda qutlugʻ sana
2025-05-31 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda soʻzga chiqqan mudofaa vaziri o‘rinbosari qo‘mondonlikning shaxsiy tarkibi tomonidan jangovar shaylikni oshirish, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha bilan taʼminlash, malakali kadrlar bilan butlash, shuningdek, ta’lim-tarbiya va ijtimoiy himoya yoʻnalishlarida amalga oshirilgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi. Shuningdek, armiya va xalq oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik, harbiy qismlar va muassasalar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan doimiy aloqalar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbir davomida xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlar, faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Bu esa, oʻz navbatida, jamoa a’zolarini yangi zafarlar sari ruhlantiruvchi muhim omil boʻldi.
Tantanali tadbirning badiiy qismi ham yuksak saviyada tashkil etilib, harbiy orkestr jamoasi hamda el ardogʻidagi san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti






