Harbiy tibbiyot akademiyasida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
2025-05-30 16:25:00 / Yangiliklar

Unda akademiya shaxsiy tarkibi, Harbiy tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti, Jangovar jarrohlik patologiyasi va harbiy terapiya va toksikologiya kafedralari hamda nufuzli xalqaro universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida soha mutaxassislari “Ekstremal va halokatli tibbiyotda tibbiy ta’minotning majmuaviy tashkil etishni takomillashtirish”, “Harbiy xizmatchilar orasida sport jarohatlari va ularni oldini olish choralari”, “Tibbiy yordam muammolarii va ularni hal qilish yo‘llari”, “Harbiy xizmat va shovqin” singari ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, xalqaro professorlar tomonidan “From heart attack to PTSD: Psychological consequences of myocardial infarction in adults” mavzusi bo‘yicha ham ishtirokchilarga ma’lumotlar berildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti








