“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali kutib olindi
2025-05-21 19:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilda o‘tkazilgan musobaqaning respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egallagan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shijoatli yoshlaridan iborat jamoa a’zolari Nukus temiryo‘l vokzalida harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingani tengdoshlari uchun ibrat va faxr namunasi sifatida e’tirof etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar g‘olib jamoa a’zolarining intilishi, matonati va jismoniy hamda aqliy salohiyatining yuksak darajada ekanligini alohida ta’kidladilar.
Ishtirokchilarning ota-onalari ham farzandlarining musobaqa davomida harbiy tayyorgarlik, sport ko‘nikmalari hamda jamoaviy ishlash qobiliyati bo‘yicha zarur bilim va tajribalarga ega bo‘lganligidan mamnun ekanligini bildirishdi.
Yakunda g‘olib Qoraqalpog‘iston Respublikasining Juqorg‘i Kengasi hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan jamoa a’zolarining murabbiylariga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati






