"Vatanparvarlar" musobaqasi qizg'in pallaga kirdi
2025-05-18 16:30:00 / Yangiliklar

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, poytaxt va viloyatlardan saralangan 14 ta jamoa o‘z bilim, mahorat va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazyapti.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirining o'rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchi jamoalarga omad tilab, kelgusida Vatanimizning chinakam tayanchi bo'lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Jamoalarning harbiylashtirilgan estafeta, tibbiy estafeta, turnikda tortilish, otish tayyorgarligi bo'yicha shartlarda erishgan natijalari hakamlar hay'ati tomonidan xolisona baholab borildi.
Deyarli har bir shartda bir nechta jamoalarning kuchlari teng kelib, ular o'rtasida o'zaro qo'shimcha bahslar asosida g'olib nomi aniqlanyapti.
Qizg'in va murosasiz o'tayotgan musobaqa so'ngida yakuniy natijalar bilan tanishtiramiz.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti