Harbiy xizmatchilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2025-05-17 09:40:00 / Yangiliklar

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har yili harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga qabulda 5 foizlik maxsus kvota doirasida tavsiyanomalar taqdim etiladi.
Tadbirda Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Marosim davomida 96 nafar harbiy xizmatchining 99 nafar farzandiga oliy ta’limga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirilib, kelajakda vatanimiz ravnaqi yo‘lida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.
Bu chora-tadbir yurtimiz mudofaasini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiylarning xizmatlarini e’tirof etish, ularning oilalarini rag‘batlantirish va farzandlariga ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.
Tavsiyanoma olgan yoshlar esa Vatanga munosib bo‘lish, chuqur bilim egallab, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga qat’iy bel bog‘laganliklarini bildirdirishdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








