“Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi
2025-05-14 15:50:00 / Yangiliklar

Ko‘rik tanlov Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, yosh harbiy xizmatchilarning bilimlarini oshirish va dunyoqarashlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, tanvol yosh avlodni o‘zbek milliy adabiyoti bilan tanishtirish, ularda bilimga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tanlovda ishtirok etgan yosh harbiy xizmatchilar, o‘zbek milliy adabiyotining eng sara asarlaridan, jumladan, romanlar va dostonlardan tuzilgan savollar orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqa murosasiz bahslarga boy bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘zining bilimlarilarini amaliy tarzda ko‘rsatishga intildi. Yosh harbiy xizmatchilar o‘z bilimlarini nafaqat sinovdan o‘tkazish, balki jamoaviy fikrlash, qarorlar qabul qilish va fikrlarini boshqalarga yetkazish ko‘nikmalarini ham rivojlantirishga erishdilar. Bu esa tanlovning nafaqat bilimli, balki intellektual darajada yuqori ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining “Bobur izdoshlari” jamoasi Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Harbiy qism va muassasalardan tuzilgan jamoalar ichida esa, Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikning Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismni “Millat umidi” jamoasi mutlaq g‘olib deb topildi.
Tanlovning yakuniy marosimida g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti





