O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yuqori malakali kadrlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga taklif etadi
2025-05-12 12:00:00 / Yangiliklar

Quyidagi talablarga javob beradigan fuqarolar tanlov asosida bo‘sh (vakant) lavozimlarga qabul qilinadi:
- O'zbekiston Respublikasi Qurolli Кuсhlаri safida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini o'tagan yohud oliy ta'lim muassasalari harbiy tayyorgarlik o'quv markazlarida o'qishni tugatgan erkak jinsidagi o'ttiz yoshga to'lmagan harbiy xizmatga majburlar;
- bo'yining balandligi 165 santimetrdan yuqori hamda sog'lig'ining holatiga ko'rа hаrbiу xizmatga yaroqli bо'lganlar.
Nomzodlar quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
Oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga:
-moliya mutaxassislari (bakalavr);
-haydovchi mutaxassisligi; (B,C toifali)
-artilleriya mutaxassislari;
-radiatsion kimyoviy biologik muhofaza mutaxassislari;
-muhandislik qo'shinlari mutaxassislari.
Ofitserlar tarkibi lavozimlariga:
-umumiy amaliyot shifokori (bakalavr);
-davolash ishi (magistratura yoki ordinatura);
-veterinariya tibbiyoti mutaxassislari (bakalavr, magistratura);
-qurilish muhandisligi (bakalavr).
-shahar infratuzilmasi muhandisi (bakalavr);
-muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi (bakalavr);
Tanlov ishtirokchilarining arizalari joriy yilning 30 may sanasiga qadar yagona Davlat interaktiv xizmatlar portali mу.gоv.uz orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +99871– 269-80-19
Telegram: @mudofaa_vacancy
