Harbiy qismlarda huquqiy savodxonlik bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2025-05-05 11:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, eng muhimi, korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni avvaldan bartaraf etish bo‘ldi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar korrupsiyaning jamiyatga ko‘rsatadigan zararini chuqur tahlillar, hayotiy misollar va huquqiy asoslar bilan tushuntirib berdilar.
Darhaqiqat, korrupsiya, ta’magirlik, tovlamachilik va firibgarlik — bular nafaqat jinoyat, balki insoniy qadriyatlarga, mehnat sha’niga, adolat tamoyillariga putur yetkazadigan xavflardir. Ular jamiyat tanasini ichkaridan yemiruvchi saraton kasalligiga o‘xshaydi. Agar o‘z vaqtida oldi olinmasa, asta-sekin tizimni ishdan chiqaradi.
Bu qora illatga qarshi murosasiz kurashish, har bir fuqaroning huquqiy bilimini mustahkamlash, qonunga hurmat va halollik tamoyillarini ongimiz va hayot tarzimizga singdirish — zamonimizning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Tadbir ishtirokchilari bunday ezgu maqsadlarga erishishda harbiy xizmatchilar ham nafaqat ijtimoiy, balki ma’naviy mas’uliyatini teran his etishi lozimligini ta’kidlashdi.
Zero, halollik va adolat ustuvor bo‘lgan jamiyatgina mustahkam va bardavom taraqqiyot sari odimlaydi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati