Inson aziz - xotirasi abadiydir
2025-05-02 12:40:00 / Yangiliklar

Hududda urush yillarining og‘ir va shiddatli lahzalari, hayotiy manekenlar, harbiy texnika modellari va real eksponatlar orqali jonli tarzda ifodalangan bo‘lib mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Harbiy xizmatchilar, mehnatkash va jasoratli o‘zbek ayollari, shifokorlar, vayrona binolar va jangovar texnikalar – bularning barchasi ekskursiya ishtirokchilarining yuragida unutilmas xotiralarni muxrladi.
Shundan so‘ng, deputatlar Mudofaa vazirligining yangi qurib bitkazilgan Maʼnaviyat va maʼrifat deportamenti binosi da bo‘lib, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, Alohida koʻrgazmali-namunali harbiy orkestr, "Turon" harbiy teatri hamda Axbororot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tanishishlar jarayonida deputatlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi islohotlar, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish va parlament nazoratini olib borish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi vazifalar boʻyicha fikrlar va takliflar bildirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







