“Vatanparvar” tashkilotining hududiy kengashiga yangi texnikalar topshirildi
2025-04-26 17:00:00 / Yangiliklar

Marosimda so’z olganlar barchani yangi texnikalar bilan tabriklab, bugungi kunda yo‘llarda sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish uchun ham o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, mehmonlar tashkilot xodimlariga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z maslahat va takliflarini bildirdi.
Endilikda ushbu yangi zamonaviy avtomobillardan “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalarida “BC” toifalari bo‘yicha tahsil olayotgan fuqarolar amaliy mashg‘ulotlarda foydalanadilar.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati





