Axborot xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa
2025-04-25 17:00:00 / Yangiliklar

Yig‘in davomida “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy tamoyillari, uni buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari, maxfiylik darajalari va sir saqlash madaniyatining harbiy xizmatchilar uchun ahamiyati keng muhokama qilindi.
Tadbirda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin oldi. Ishtirokchilarga real xizmat faoliyatida uchraydigan vaziyatlar misolida sir saqlash va axborot tarqatishda ehtiyotkorlik tamoyillari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Darhaqiqat, mazkur yig‘in davlat va harbiy sirlarning muhofazasi, axborot xurujlari xavfini kamaytirish, shuningdek, harbiy xizmatchilarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yig‘in doirasida ishtirokchilar uchun psixologik trening tashkil etildi. Unda harbiy xizmatda ruhiy barqarorlik, stressga chidamlilik va jamoaviy muvofiqlikni oshirishga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Yig‘in yakunida ishtirokchilar bilan okrug tarix muzeyiga sayohat uyushtirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati





