Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
2025-04-23 17:40:00 / Yangiliklar

Yig‘in doirasida Mudofaa vazirligi tomonidan qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi. Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv muhokamalar orqali komandirlarning jangovar vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish, zamonaviy jangovar taktikani puxta egallash bo‘yicha qator mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Yig‘inda zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion ta’lim texnologiyalarini, xususan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish orqali interaktiv o‘qitish shakllari namoyish etildi. O‘quv-moddiy bazalardan samarali foydalanish bo‘yicha tajribalar almashildi. Ishtirokchilar o‘z bo‘linmalaridagi ilg‘or yondashuvlar, tashkilotchilik usullari va real amaliyotda qo‘llayotgan strategiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulotlar tunda ham davom etdi. Harbiy xizmatchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy tarzda ham boyitdi. Bu kabi tadbirlar qo‘shinlar salohiyatini oshirish, zamonaviy harbiy tahdidlarga tayyor bo‘lish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati








