Rahbar va yoshlar: Ochiq muloqot va amaliy yechimlar
2025-04-21 16:10:00 / Yangiliklar

Shu sababli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism tomonidan, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Har bir yosh taqdiri davlat himoyasida!” mavzusida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur tadbirda harbiy qism komandiri, harbiy xizmatchilar, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda Chilonzor tumanidagi harbiy qismga biriktirilgan 100 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lunotlar berishdi.
Tadbir samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan va qiynab kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilishdi. Xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun kredit ajratilishi, qo‘shimcha daromat topish uchun texnikalar olib berish, dasturchilik foliyati bilan shug‘ullanish uchun joy ajratish, probatsiya nazoratidan chiqarilishi uchun amaliy yordam berish masalalari bo‘yicha murojaatlari eshitildi.
Murojaatlarning ayrimlariga shu joyning o‘zida qonunchilikdan kelib chiqib tegishli maslahatlar berilgan bo‘lsa, ayrimlari esa ijro uchun nazoratga olindi.
Tadbir davomida amaliyotchi psixologlar tomonidan turli treninglar ham o‘tkazildi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparatida barpo etilgan “Book koffee” va “Loyihalar ofisi” namoyish etildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchi yoshlarga qism komandirining tashakurnomalari topshirildi.






