Jasorat maktabi — yangi imkoniyatlar sari yo‘l
2025-04-14 18:35:00 / Yangiliklar

Unda okrug qo‘mondonligi, kuch tuzilmalari vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, harbiy qism harbiy xizmatchilari va yoshlar ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, yig‘inning bu galgi mavsumi juda katta kuch va iroda talab qildi. Har bir dars, har bir sinov o‘quvchilarning irodasini sinab ko‘rdi. Lekin ular shunday ruhda tarbiyalangan ediki, hech bir qiyinchilik yigitlarni orqaga qaytarolmadi. Ular harbiy, ilmiy va amaliy sohalarda o‘zlarini sinab ko‘rishdi, yangi g‘oyalar yaratishdi, maqsadlariga erishish uchun kurashishdi.
Bu loyiha o‘z o‘quvchilariga nafaqat bilim, balki hayotiy tajriba ham berdi. Har bir dars – bu yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Yig‘in ishtirokchilari o‘zlarining kuchli tomonlarini kashf etishdi va bu jarayon har birining ichki jasoratini yuzaga chiqardi.
Loyiha doirasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy darslar, tadbirkorlik saboqlari, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari, psixologik va motivatsion treninglar va intellektual o‘yinlar ishtirokchilarning aqliy va ruhiy imkoniyatlari, intellektual mahoratlari hamda jismoniy imkoniyatlarini mustahkamladi.
O‘quv yig‘inning tantanali yopilish marosimida yigitlarga egallagan kasb-hunari bo‘yicha sertifikatlar, shuningdek, tashkil etilgan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati








