Vatanni qoʻriqlar yigitning mardi
2025-04-12 19:30:00 / Yangiliklar

Unda so‘z olganlar harbiy xizmatchilar jangovar ruhini oshirishda maʼnaviyatning oʻrni, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, Xalq va armiya birdamligi yoʻlida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr yuritdilar.
Xaqiqatda milliy armiyamizda yurt og‘lonlari harbiy ixtisosliklarni puxta egallash bilan bir vaqtda, jismoniy va maʼnaviy jihatdan chiniqib, irodasi toblanib, hayotiy qarashlari shakllanib, Vatan himoyasi yoʻlida doimo tayyor mard va jasur insonlar boʻlib kamol topmoqda.
Shoirlar tomonidan ijro etilgan sheʼrlar, Chirchiq shahridagi san'atkorlar hamda Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ansambli sanʼatkorlarining kuy-qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini oshirishi, “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” degan ezgu gʻoyani amaldagi roʻyobi hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi bilan ham ahamiyatlidir.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







