“Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-04-12 17:00:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasiman!” shiori ostidagi “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlikda o‘tkazilgan tanlovda ham respublikamizning deyarli barcha hududlaridagi harbiy qismlardan saralanib kelgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari o‘zara bellashishdi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida do‘stona bo‘lib o‘tgan tanlovda jami 8 ta harbiy oilalar 5 ta shart bo‘yicha: “Oilam — mening baxtim”, “Men uddaburon oila bekasiman”, “Farzandim - dilbandim”, “San’atim-saodatim”,“ Milliy taom osh pishirish” kabi bir qator shartlar asosida kuch sinashdi.
Shiddatli va murosasiz bahslarga bo‘y o‘tkan tanlov Mudofaa vazirligi va qo‘mondonlikning mas’ul vakillaridan iborat hakamlar tomonidan munosib baholab borilib, yakunda g‘olib sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







