G‘urur, sha’n va sadoqat tantanasi
2025-04-08 18:05:00 / Yangiliklar

Tantanali tadbirda milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy qism tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur harbiy qism o‘z tarixi, an’analari va qahramonlik yo‘liga ega ekanini alohida ta’kidlab, harbiy xizmatchilarning Vatanga sadoqat, intizom va jangovar shaylik borasidagi yutuqlarini e’tirof etdi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda artilleriyachilar harbiy qismining qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi. Mavjud moddiy-o‘quv baza yangilandi. Harbiy qism qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan butlanib, shaxsiy tarkibning jangovar shayligi mustahkamlanib bordi.
Harbiy qism yuqori qo‘mondonlik tomonidan berilayotgan o‘quv va jangovar topshiriqlarni sifatli ado etib, Qurolli Kuchlar miqyosidagi o‘quvlar, ko‘rik-tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Joriy yilda Mudofaa vazirligi miqyosida artilleriya bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan otish va o‘tni boshqarish musobaqasida harbiy qism harbiy xizmatchilari faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tekshiruvlarda esa batareyalar o‘rtasida birinchi o‘ringa sazovar bo‘ldi.
Tadbirda davomida harbiy qism jamoasi erishayotgan yutuqlar yana bir bor e’tirof etilib, shaxsiy tarkibga bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. O‘z vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmat







