“Termiz” umumqoʻshin dala-oʻquv maydonida oʻquvchi yoshlar amaliy oʻq otish mashgʻulotida ishtirok etishdi
2025-03-26 11:10:00 / Yangiliklar

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni rahbarligida o‘tkan mashg‘ulotlar avvalida bugungi kunda yoshlarga milliy armiyamizda yaratilgan imkoniyatlar va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlash borasidagi borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.
Shundan so‘ng, Chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida dala-oʻquv maydoniga kelgan 500 dan ortiq oʻquvchi yoshlar jangovar qurollar bilan muomala qilishi, ulardan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishi boʻyicha mashgʻulotlarda ishtirok etishdi.
Xususan, qurollardan aniq moʻljalga olishni oʻrganish, avtomatni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish kabi mashqlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan bajarildi.
Nazariy mashg‘ulotlardan soʻng, yoshlar birinchi marotaba quroldan amaliy oʻq otish mashqlarini bajarishdi. Jumladan, xar bir oʻquvchi 100 metr uzoqlikda turgan nishonga qarata oʻq uzib, oʻzlarining bilim va mahoratlarini yana bir bor mustahkamlashdi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV,
Termiz garnizoni.





