Batalyon taktik o‘quvi: jangovar harakatlar va operativ ko‘nikmalar
2025-03-18 18:25:00 / Yangiliklar

O‘quv mashg‘ulotida asosiy e’tibor yurt himoyachilarining taktik va operativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulotda harbiy xizmatchilarga qo‘shinlar taktik harakatlarining asosiy elementlarini bajarish bo‘yicha aniq va murakkab topshiriqlar berilib, ularning belgilangan joylarga yetib borishi, jangovar tartibda safarbarlikni tashkil etish va o‘t ochishning samarali usullaridan foydalanish kabi vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.
Batalyon taktik o‘quvi jarayonida harbiy xizmatchilar o‘zlarining taktik tafakkurlarini va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyish etib, yuqori darajadagi jismoniy shaylikni saqlashga va zaruriy vazifalarni samarali bajarishga qodir ekanliklarini ko‘rsatdilar.
Ta’kidlash joizki, harbiy xizmatchikar mashg‘ulotlar davomida faqatgina jangovar ko‘nikmalarini oshiribgina qolmay, balki psixologik va jismoniy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadilar. Bu esa ularning har qanday jangovar vaziyatda tez va samarali qaror qabul qilishlariga yordam beradi.
Yakunda o‘quvda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, mutaxassislar tomonidan kerakli xulosalar berildi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati