Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-03-13 16:25:00 / Yangiliklar

Yoshlarga yangi imkoniyatlar va istiqbollarni taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda ishtirok etgan tomonlarning vakillari ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va kadrlarni tayyorlash sohasida yangi yondoshuvlarni joriy etish borasida kelishuvga erishdilar.
Memorandumda asosiy e’tibor ta’lim samaradorligini oshirishga qaratildi. Unda tomonlar hamkorligida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya va dasturlarni ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda joriy etish kabi maqsadlar belgilab olindi.
Yuqorida qayd etilgan memorandumning muhim jihatlaridan biri shundaki, mazkur hujjat asosida barcha ishlar o‘zaro iqtisodiy hisob-kitoblarsiz olib boriladi va tomonlarning vakolatlari doirasida, o‘zaro hurmat asosida, kadrlarni tayyorlash sohasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.



