Olis hududlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtmoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratildi
2025-03-10 17:20:00 / Yangiliklar

Unda harbiy qism qo‘mondonligi, tuman hokimligi, Navoiy harbiy prakuraturasi va boshqa hamkorlikdagi davlat hamda jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng, turli tashkilotlar ishtirokida yakka tartibda sayyor qabullar boshlandi. Sayyor qabulda asosan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtog‘lari uchun bo‘sh ish o‘rinlari, maktab va maktabgacha ta’lim hamda uy-joy masalalaridagi murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarning ayrimlari shu joyda o‘zida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, vaqt talab etadiganlari esa nazoratga olindi.
Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini madaniy hordiq olishlari uchun hush ovoz xonandalar ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi.
Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti



