Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol!
2025-03-09 10:50:00 / Yangiliklar

Bu albatta, umumbashariy miqyosda o‘tkaziladigan bahorning ilk kunlarida nishonlanuvchi “Xalqaro xotin-qizlar kuni”dir.
Mazkur sana munosabati bilan Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat markazida tashkil etilgan konsert dasturlari Toshkent shahri Olmazor tumanida yurtimizning ravnaqi va obodligi yo‘lida mehnat qilayotgan ayollarimiz uchun unitilmas onlarni taqdim etdi.
Qurolli Kuchlar Ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Alohida namunali ko‘rgazmali harbiy orkestri tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar barcha ayollarni raqsga chorladi. Bir-biriga ulanib ketgan go‘zal kuy va qo‘shiqlar bayram tadbiriga chin maʼnoda o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Umuman olganda konsert davomida mehr-muhabbat, go‘zallik va soflik timsoli bo‘lmish muhtarama ayollar, hamisha e’zozimizda va hurmatimizda ekanligini qalban his qilishdi.
Shu kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va madaniyat departamenti bilan Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi huzurida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusi amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti









