“Jasorat maktabi” — yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan yig‘in
2025-02-20 16:50:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyatida bir necha yil ichida minglab yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik, oʻziga boʻlgan ishonchni shakllantirish maktabiga aylangan “Jasorat maktabi” yig‘ining joriy yildagi ilk mavsumiga start berildi.
Unda Markaziy harbiy okrug ma’sul ofitserlari, viloyat hokimligi, harbiy prokuratura, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Yoshlar ishlari agentligi faollari ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimida okrug qo‘mondonligi hamda viloyatning mutasaddi tashkilot rahbarlari so‘zga chiqib, yig‘in koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini, undan oqilona foydalanish lozimligini so‘zladi. O‘tkan yig‘inlardagi yoshlarning erishgan yutuqlari misol qilinib, yigitlarga muvaffaqiyat tiladi.
Jizzax viloyatida muqum ish joyiga ega boʻlmagan yuz nafar yosh bilan o‘n kun davomida harbiy qismda harbiy shaylik, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Shuningdek, yig‘in doirasida turli sport o‘yinlari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati