Hamkorlikdagi memorandum imzolandi
2025-02-17 20:40:00 / Yangiliklar

Xususan, Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda ham aynan kadrlar faoliyatini meretokratiya va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha fikrlar almashildi.
Shundan soʻng, hamkorlikni yanada yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikdagi memorandumi imzolandi.
Albatta, ushbu kelishuv kelgusida yuqori maqsadlarga erishish, mudofaa tizimini yanada yetuk kadrlar bilan butlash yoʻlida xizmat qiladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti