Adolatli shoh va buyuk shoir
2025-02-14 17:10:00 / Yangiliklar

Xususan, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Navoiy garnizonlarida “Adolatli shoh va buyuk shoir” shiori ostida Yozuvchilar uyushmasi a‘zolari, jamoatchilik kengashi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari va faol yoshlarni jalb etgan holda dasturlashtirilgan adabiy-badiiy, musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar Bobur shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari, shoir asarlarida ulug‘langan g‘oyalar, ulug‘ vatandoshimizning davlat arbobi sifatidagi serqirra faoliyati, ayniqsa, milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan betakror hissasi haqida qimmatli fikrlar bilan bo‘lishdi.
Darhaqiqat, Zahiriddin Muhammad Bobur merosi yuksak badiiy saviyada yozilgan ijod namunasi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyotida beqiyos o‘ringa egadir. Uning betakror merosi insoniylik, vatanparvarlik, ezgulikdan saboq beradi, insonni ma’naviy tarbiyalaydi. Shoir ijodining markazida ham inson, uning kamoloti, yaxshilik asosida umr kechirishi, vatanparvalik tuyg‘usi bilan yashashga doir yuksak g‘oyalar ustuvor. Bunday tuyg‘u bilan yashash esa hamisha insonni yetuklikka, kamolotga chorlaydi.
Yakunda harbiy orkestr jamoasi va o‘quvchi yoshlar ijrosida Bobur ruboiylari va g‘azallari bilan aytilgan qo‘shiqlar davraga o‘zgacha shukuh baxsh etgan bo‘lsa, buyuk sarkardaning hayoti teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi mutaffakirning hayot yo‘li haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati





