Qo‘mondonlikda Alisher Navoiy tavalludining 584 yilli keng nishonlandi
2025-02-08 12:25:00 / Yangiliklar

Tadbir harbiy qismda joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambar qo‘yishdan boshlandi. Shundan so‘ng, qo‘mondonlik madaniyat markazida davom etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu buyuk mutafakkirning hayoti va ijodi haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.
Buyuk allomaga yuksak hurmat va e’htirom ko‘rsatish maqsadida mutaffakir davriga oid hujjatli film va harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, savol-javob o‘yinlari va hushovoz honandalarning diltortar navolari tadbirga yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Shuningdek, tadbir davomida Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlik va O‘zbekiston san’ati va madaniyat instituti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Tadbir yakunida, tashrif buyurgan mehmonlar va hamkor tashkilot vakillariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti







