Denovda harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
2025-02-06 18:55:00 / Yangiliklar
Janubi – g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Xayrabod garnizonidagi harbiy xizmatchilari tomonidan “Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak gְ‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida Denov tumanida joylashgan 102-umumiy o‘rta ta’lim maktabida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Dastlab yoshlarga mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, harbiy xizmatchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish borasida ma'lumotlar berildi.
Festival davomida harbiy orkestr jamoasining Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovul jamoasining ko‘rgazmali saf chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi sahnasi aks etgan ko‘rinishlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni



