Qurolli Kuchlari akademiyasida yangi kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
2025-02-04 18:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda akademiya shaxsiy tarkibi, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etib, kitobning mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, unda ishtirok etgan qahramonlarning sadoqatli doʻstligi haqida dastlabki maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Xususan, ijodkorlar tomonidan mazkur asardagi qahramonlar hayoti hamda ular orasidagi doʻstlik rishtalari bugungi global davr uchun ibrat va namuna ekanligi alohida ta’kidlandi. Darhaqiqat, mazkur tadbir harbiy xizmatchilar orasida oʻzaro doʻstlik, birodarlik va mehr-oqibat tuygʻularini yanada mustahkamlanishiga turtki boʻlishi bilan ham ahamiyatlildir.
Yakunda mualliflar tomonidan akademiya kutubxonasi uchun yangi nashr etilgan kitob nusxalari sovg‘a sifatida taqdim etildi.
Qurolli Kuchlari akademiyasi axborot xizmati



