Qahramonlar xotirasi mangu barhayot!
2025-01-13 11:05:00 / Yangiliklar

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vatanimiz sarhadlarini mardonavor qo‘riqlab, jonini fido etgan qahramonlarning oila aʼzolari, urush qatnashchilari hamda faxriylar holidan xabar olishmoqda.
Jumladan, harbiy xizmatchilar yurt uchun jonini fido qilgan qahramon serjant Dilshod Asanovning xonadonida bo‘ldi. Samimiy suhbat chog‘ida harbiy xizmatchilar va oila aʼzolari qahramonning bolalik chog‘larini, faoliyati, orzulari va kasbini qanchalar sevganini esga olishdi.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiylarning oilalariga Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan moddiy yordam puli va bayram sovg‘alari topshirilmoqda.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati






